Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini fikrlari, mavjud muammo va takliflarini oʻrganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruh a’zolari tomonidan joriy yilning 24-iyul sanasidan boshlab, kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilayotgan oʻrinlarda ota-onalar bilan Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar, shuningdek kelgusida kutilayotgan yangiliklar yuzasidan suhbatlar soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda (https://t.me/www_karsu_uz/25817).
Shunga asosan, 28-iyul kuni universitetda 1-13-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan test imtihonlari oldidan ishchi guruh a’zolari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi. Unda ishchi guruh a’zolarining har biriga tajribali oʻqituvchilar tomonidan kerakli yoʻl-yoʻriqlar berildi.

