
Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat olamida 2023-yilning eng muhim turniri — Jahon kubogi start oladi
(https://olamsport.com/uz/m/news/91801)30 iyul – 24 avgust kunlari bo’lib o’tadigan musobaqaning umumiy sovrin jamg’armasi 1 834 000 $ ni tashkil etadi.
1-2-3-o’rinlarni egallagan shaxmatchilar 2024-yilda bo’lib o’tadigan toj davogarlari turniriga yo’llanmani qo’lga kiritadilar.
Eslatib o’tamiz, musobaqada O’zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov va Nilufar Yakubboyevalar himoya qiladilar.
🇺🇿 Yurtdoshlarimizga omad yor bo’lsin!
Turnirni jonli efirda tomosha qiling: https://www.youtube.com/@uzchesss/streams

