Chenduda talaba-sportchilarimiz navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi

Bugun Xitoyning Chendu shahri mezbonligida o‘tayotgan XXXI Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida dzyudochilarimiz erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy bellashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlashdi va kumush medalga ega chiqishdi.

Shuningdek, Taekwondo WT yo‘nalashida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Amirbek To‘rayev (-58 kg ) hamda Urganch davlat universiteti talabasi Shuhrat Salayev (-80 kg ) Chendu Universiadasi kumush medali sohibiga aylandi.

Oʻzbekiston terma jamoasining musobaqadagi medallari soni hozircha 6 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.

Musobaqalar davom etadi.

#image_title
#image_title
#image_title