#Seedsforthefuture #Faxrlanamiz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti 3-bosqich talabasi Bobur Jo‘rabekov HUAWEI kompaniyasining «Seeds for the Future» loyihasi g’olibi deb topildi va Qatar davlatining Doha shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Seed for the Future” loyihasining birinchi bosqich g‘oliblari Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo, xususan Qatar va BAAdagi mintaqaviy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan Qatar davlati Doha shahrida joriy yilning 2-9-sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tech4Good global kontestida ishtirok etadilar va ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun ikkinchi bosqichda BAAning Dubay shahrida 10-16-Sentabr kunlari treninglarda qatnashadilar.