Universiada oʻyinlarining ilk medalini QarDU talabasi taqdim etdi

#image_title

Xitoyning Chendu shahrida XXXI yozgi Butunjahon “Universia”da oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Unda mamlakatimiz talaba-sportchilari 7 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Quvonarlisi, mazkur musobaqalarda Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga universiadaning ilk medalini Qarshi davlat universiteti talabasi Kamoliddin Baxtiyorov taqdim etdi. U dzyudo bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bellashuvda moʻgʻulistonlik Sumiyabazar Enxtayvandan ustun keldi.