#Vazir_qabul2023
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Yoshlik ” sport majmuasida o‘tgan 2-smena imtihon jarayonlari bilan tanishdi va ota onalar bilan muloqotda bo’ldi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor o’qituvchilari va talabalari tomonidan tashkil etilgan “Qalqon” volontyorlar targ’iboti harakati bilan tanishdi va qilinayotgan ishlarni e’tirof etdi.
Mazkur bino toʻliq test sinovlari oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan boʻlib, kuzatish kameralari hamda katta quvvatli sovitgichlar oʻrnatilgan , abituriyentlarni kutish uchun tashrif buyurgan ota-onalar va yaqinlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan
Тest sinovlari o‘tayotgan bino yaqinida mahsus tashkil etilgan oshxonada ota-onalar uchun joy hozirlangan boʻlib, u yerdagi katta ekranlar orqali bevosita imtihonlarning borishini kuzatishlari uchun sharoit yaratilgan. Shuningdek, abituriyentlarning yaqinlari vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari maqsadida adabiy-badiiy chiqishlar tashkil etilgan.







