Joriy yilning, 29-iyul kuni bir guruh bloger hamda volontyor yoshlardan tashkil topgan ko‘ngillilar jamoasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-markazining Toshkent filialiga tashrif buyurib, markazda davolanayotgan bolajonlar va ularning yaqinlari uchun tashkil etilgan xayriya tadbirida ishtirok etdilar.
Eslatib o’tamiz, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan bunday xayriya tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etadi.
Biz barcha bolajonlarni tezroq sog‘ayib ketishini va hech qachon kasal bo‘lmasliklarini tilab qolamiz.






