
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar ittifoqi qoshidagi klublar bir necha o’quv yilidan buyon faol tarzda talabalarni qiziqishlariga qarab tanlovlarga, ligalarga hamda musobaqalarga jalb etib kelmoqda.
Xususan, Sport klubi tomonidan o’tkaziladigan turli xil sport musobaqalari, Zakovat klubi tomonidan o’tkazilib kelinadigan universitet zakovat ligasi, “Art club”hamda “Hand made club” klublari o’tkazib keladigan san’atga hamda qo’l mehnatiga oid tanlovlar ancha talabalarni qamrab olgan.
Bundan tashqari xorijda o’qishga va til o’rganishga qiziquvchi talabalar uchun “TSUE International” hamda “Speaking club” o’z faoliyatini olib bormoqda.
Fanga oid tanlovlar o’tkazib keladigan TDIU Iqtisodchilar klubi hamda talabalar o’rtasida dolzarb mavzularda debat uyushtiruvchi “Debate club” ham muntazam ravishda musobaqalar o’tkazib keladi.